LG kir yuviş maşinalari model qatoriTWINWash (SM) kengaytirilgan qatori bilan töldirildi.

LG Electronics (LG) kompaniyasi IFA 2017 körgazmasida kiyim-keçaklarni saqlaş böyiça kompleks qarorlarni taqdim etadi, ular orasida yangi işlanma - TWINWash(SM) kir yuviş maşinasi ham bor. Şuningdek, körgazmada eng yangi ilğor texnologiyalar – yuqori samarali quritiş maşinalari va LGStylerbuğli şkafi taqdim etiladi.

TWINWash’ning kengaytirilgan qatori LG kompaniyasining maişiy işlarni samarali va qulay yeçimi borasidagi takliflarini özida mujassamlaştirgan. Yangilangan qator turli hajmdagi modellar bilan taqdim etilgan: 27-dyuymlidan tortib, qulay 24-dyuymliga qadar. Endilikda, iste'molçilar TWINWash ilğor kir yuviş maşinasining öziga xos jihatlarini öz uy-joylaridagi hajmlarga qaramay baholaşlari mumkin. 2015 yilning iyulida omma e'tiboriga havola etilgan LGTWINWash dunyodagi ikkita barabanga ega birinçi kir yuviş maşinasidir. TWINWash seriyasidagi modellar kir yuvişning yuqori samaradorligini ta'minlaydi, TrueSteam (SM) va TurboWash (SM) innovatsion funksiyalar tufayli deyarli barça allergenlar va yoqimsiz hidlarni yöqotadi, kiçik qatlarni tekislaydi, hamda matoni    mayinlaştiradi.

Foto: LG

Energosamaradorlik va qulaylik alohida ahamiyat kasb etuvçi iste'molçilarga LG kompaniyasi kiyim-keçakni quritiş maşinalarini ham taklif etadi. Invertorli issiqlik nasosi texnologiyasi bilan jihozlangan quritiş maşinasining yangi modeli matoning zarar körişi ehtimolini kamaytiradi. Bunga sabab – narsalarni quritiş jarayonida past harorat uşlab turiladi. Qöşimça EcoMode va TurboMode rejimlari esa ularning foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiradi. EcoMode yuqori samarali rejimi elektr energiyasini tejaydi va şovqinning past darajasi bilan ta'minlaydi, TurboMode rejimi esa kiyimni quritiş vaqti davomiyligini qisqartiradi.

Foto: LG

LGStyler buğli şkafi kiyimni saqlaş jarayonini yakunlaydi. U tozalik va yangilik darajasini saqlaş uçun TrueSteam (SM) funksiyasi bilan jihozlangan, u hidlarni yöqotadi va kiçik qatlarni tekislaydi. Buğli şkafda xuddi quritiş maşinalaridagi kabi, narsalarni ehtiyotkorlik bilan saqlaşni ta'minlaş uçun invertorli issiqlik nasosi texnologiyasidan foydalanilgan. Modelning muhim alohida jihati – aylanuvçi kiyimosgiçlar bölib, ular kiyimni buğlaş vaqtida matoni tiklaş uçun ehtiyotkorlik bilan qoqadi, EasyPantsCrease funksiyasi esa şimlardagi qatlarning markaziy liniyasini aniqlik bilan taşkil qiladi. Iste'molçilar uçun takrori yöq yordamçi bölgan LGStyler’ni matoga zarar yetkazmaydi hamda undan foydalaniş muddatini uzaytiradi. Bunda kimyoviy tozalaş xizmatlariga ham ortiqça ehtiyoj paydo bölmaydi.