Ispaniyada sakkiz yoşli qiz kir yuviş maşinasi içida tiqilib qoldi. Ota-onasi uni oliş uçun öt öçiruvçilarni çaqirişga majbur böldi, deb xabar bermoqda Need to Know naşri.
Malaga şahrida yaşovçi qizça öçirilgan kir yuviş maşinasining barabaniga öynab kirib olgan, ammo qaytib çiqa olmagan. Uning ota-onasi ham qörqib ketgan, bolani çiqara olmay, qutqaruvçilarni çaqirişga majbur bölgan.
Öt öçiruvçilar qizçani oliş uçun maşinaning bir neçta qismini kesişiga töğri keldi. Ular qutqaruv operatsiyasiga 50 daqiqa sarfladi. Bola oyoqlaridagi bir-ikkita kökarişni hisobga olmaganda, jiddiy jarohat olmadi. Kir yuviş maşinasi esa ta’mirlab bölmaydigan holga keldi.
“Hammamiz bola bölganmiz, öynaganmiz, lekin men heç qaçon bunday holatni körmaganman”, — dedi öt öçiruvçilardan biri.
Avvalroq Jizzaxda kir yuviş maşinasining quritiş qismida qisilib qolgan bola qutqarilgan edi. Bolakay soğ-salomat ota-onasiga topşirilgan.












