Poytaxt IIBBning xabar berişiça, 2017 yilning 26 avgust kuni Facebook ijtimoiy tarmoğidagi “Voditeli Tashkenta” guruhida Mirobod tumani IIBning sobiq binosini oldida kuçli yonğin yuz berganligi, izohlardan ma'lum bölişiça yonğinga portlaşlar ham “hamkorlik qilgan”, söng yöl yopib qöyilganligi haqida ma'lumot berilgan. Şundan söng, guruh foydalanuvçilardan biri, öşa joy yaqinida maşinalarga gaz uskunalari örnatilganligi, butun tumanni evakuatsiya qiliş lozimligi körsatib ötilgan. 

Toşkent şahar IIBB Yonğin xavfsizligi boşqarmasidan olingan xabarga köra, 2017 yil 26 avgust kuni soat 12 dan 04 daqiqa ötganda Toşkent şahar IIBB YoXB “101” telefon raqamiga Mirobod tumani “Inoqobod” maxallasi, 8-mart köçasi 57-uyda joylaşgan “Kislorod azot trans servis” MÇJga qaraşli ta'mirlaş ustaxonasida yonğin sodir bölganligi haqida xabar kelib tuşgan. Yonğin sodir bölgan joyga 5 ta jangovar bölinmalari yuborilib, mazkur jamiyatga qaraşli ta'mirlaş ustaxonasining içki qismi taxminan 200 m2 yonayotganligi aniqlanib, soat 12 dan 25 daqiqa ötganda yonğin qurşab olinib, soat 12 dan 34 daqiqa ötganda öçirilganligi  ma'lum böldi. 

Foto: Toşkent şahar IIBB

Yonğin oqibatida, “Kislorod azot trans servis” MÇJga qaraşli kislorod va gaz ballonlarini ta'mirlaş ustaxonasining içki qismi hamda jihozlari, quriliş elementlari 200 m2 maydonda yonğindan zarar kördi.

Gaz ballonini ta'mirlaş vaqtida yonğin xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmaganligi oqibatida yonğin kelib çiqqanligi aniqlangan. 

Foto: Toşkent şahar IIBB

Dastlabki yonğin suriştiriş işlari Mirobod tuman Yonğin xavfsizligi bölimi xodimlari tomonidan olib borilmoqda.