Misrda yölovçi avtobusi iştirokidagi YTH oqibatida kamida 14 kişi halok böldi va yana 38 inson jarohatlandi. Bu haqda "Al-Yaum as-Sabia" yangiliklar portali mamlakat soğliqni saqlaş vazirligi vakillariga asosan xabar berdi.

Ma'lumotlarga köra, Qohiraga yöl olayotgan avtobus mamlakat poytaxtidan janubroqda joylaşgan Beni-Sueyf viloyatidagi trassada yuk maşinasi bilan töqnaşib ketib, ağdarilgan. Tez tibbiy yordam maşinalari jabrlanganlarni yaqin oradagi şifoxonalarga yetkazişda davom etmoqda. Avtohalokat sabablari hozirça noma'lum.

2016 yil ma'lumotlariga köra, Misr yöllardagi ölim holati körsatkiçlari böyiça arab davlatlari orasida 16- va jahonda 109-örinda turadi. Har yili mamlakatda YTH tufayli yetti-sakkiz ming inson hayot bilan vidolaşadi.