«Latsio» yarim himoyaçisi Balde Keyta faoliyatini Fransiyada davom ettiradi.
Jurnalist Janluka Di Martsioning yozişiça,«Monako» uşbu futbolçi transferi borasida rimliklar klubi bilan kelişuvga erişgan. Kelişuv qiymati – 30 million yevroni taşkil qiladi, şuningdek, qöşimça bonuslar közda tutilgan. Futbolçining özi ham «Monako»ga ötişni istamoqda.
Qayd etilişiça, Keyta bugun Monte-Karloga keladi.
«Monako» yozgi transferlar vaqtida 3 futbolçisini sotdi: Bernardu Silva va Benjamin Mendi «Mançester Siti»ga (43 mln va 52 mln funt), Temua Bakayoko «Çelsi»ga (40 mln funt) yöl oldi. Ayni vaqtda jamoani Kilian Mbappe («PSJ»), Fabino va Toma Lemar tark etişi kutilmoqda.
Öz navbatida jamoaga bir qator yangi futbolçilar kelib qöşilgan. Bular Diyego Benalo («Volfsburg»), Jordi Gaspar («Lion»), Souaxilo Meyte («Zulte-Varegem»), Yuri Tilemans(«Anderlext») va Stevan Yovetiç («Inter») transfer qilindi.
Ertakning nihoyasi: «Monako» futbolçilari yozda qayerga qoçişadi?












