Foto: Dacia

Ruminiyaning Dacia kompaniyasi ikkinçi avlod Duster'ini namoyiş etdi. Bu avtomobil Rossiyada Renault brendi ostida sotiladi, zero u fransuz markasining Moskvadagi zavodida işlab çiqariladi va krossoverlar toifasida faqat Hyundai Creta'ga yöl berib, maşhurligi böyiça ikkinçi örinda turadi. RIA "Novosti"da şu haqida xabar berildi. 

Yangi Renault Duster maşinasi kunduzgi LED-çiroqlar, old qanotlarida qora plastik qoplama, yangi reylinglar, yanada börttirma kapot, tört seksiyaga ajratilgan orqa LED-çiroqlar va krossoverning qimmat töplamlarida taqdim etiladigan 17 dyuymli yengil qotişmali disklar bilan ta'minlangan. 

Foto: Dacia

Yangi krossoverning old oynasi birinçi avlod Duster'iga nisbatan 100 millimetr oldinga surilgan, bu esa salonni uzaytiriş imkonini bergan. Bunday qaror kabinani yölovçilar uçun kengroq qiladi, maşinaning yukxonasi esa - yanada köproq narsani siğdira oladi.  

Krossoverning texnik xususiyatlari haqida batafsil 2017 yilning 12 sentabrida Frankfurtda bölib ötadigan Xalqaro avtosalonda bilib oliş mumkin. 

Foto: Dacia