Örtaçirçiq tumani IIBga joriy yilning 7 avgust kuni soat 03.30 da markaziy şifoxonadan tuşgan xabarga köra, Örtaçirçiq tumani Töytepa şahri Obod mahalla fuqarolar yiğinida yaşovçi 1995 yilda tuğilgan A.Z. tiğli jismdan tan jarohati bilan markaziy kasalxonaga olib kelinganligi ma'lum böldi. Bu haqda Toşkent viloyati IIB xabar qilmoqda.

Uşbu holat yuzasidan olib borilgan tezkor suriştiruv işlari natijasida 6 avgust kuni soat 23.30 larda, A.Z. tanişi, Örtaçirçiq tumanida yaşovçi 1993 yilda tuğilgan L.D. bilan birga spirtli içimlik iste'mol qilişib, özaro janjallaşib, natijada L.D. A.Z.ni uyida oş piçoği bilan bir marotaba çap kökrak qafasiga urib, unga tan jarohati yetkazganligi aniqlandi. Natijada jabrlanuvçi tan jarohati olib şifoxonaga yotqizilgan.

Uşbu holat yuzasidan L.D.ga Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib. Tergov harakatlari olib borilmoqda.