Namangan şahrida mustaqillikning 26 yilligi bayrami arafasida qator inşootlar qurib bitkazilmoqda. Bu haqda Namangan şahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Jumladan, şaharning Uyçi köçasida 45 ta köp qavatli turar-joy binosi qurilişi rejalaştirilgan bölib, hozirgi kunda 16 tasida quriliş işlari boşlab yuborildi, şuningdek, Namangan şahrining 1-kiçik tuman Otçopar köçasida arzonlaştirilgan 42 xonadonli 5 ta köp qavatli turar-joy binolari quriliş işlari jadal suratlarda davom etmoqda. Bundan taşqari, şaharning 5A-kiçik tumanida esa 3 ta arzonlaştirilgan turar joy binosi qurilişi ham aholi uçun quvonarlidir. Kelgusi yilda Namangan şahrida bunday uylardan yana 18 tasini quriş rejalaştirilmoqda.

Foto:  namangan.uz

Albatta, bugungi kunda aholini uy-joy bilan tahminlaş masalasi eng dolzarb bölgani uçun Namangan şahrida ham köp qavatli uylarni qurişga alohida ehtibor qaratilmoqda. Şaharning Islom Karimov va A.Irmatov köçalari kesişgan joyda qurib bitkazilgan 5 qavatli turar–joy binosi ham ana şu reja asosida bunyod etildi. Binoni qurib foydalanişga topşirilişi uçun «Istiqlol minorasi» mas'uliyati çeklangan jamiyati tomonidan 11 mlrd 500 million söm mablağ özlaştirildi.

Foto:  namangan.uz

«Zamin dizayn» mas'uliyati çeklangan jamiyati tomonidan tayyorlangan zamonaviy loyiha asosida qurilgan 3 blokli binoda xonadonlardan taşqari, uning oldi qismida savdo va maişiy xizmat şoxobçalari ham örin olgan. Bino körkam va çiroyli bölişi bilan birga, barça qulayliklarga ham ega. Har bir xonadonni isitiş tizimi alohida-alohidadir. Şuningdek, köpqavatli uyning birinçi blokida lift xizmati ham mavjud. Bolalar uçun alohida öynaydigan maydonça ham bor. Bugun uşbu binoning foydalanişga topşirilişi munosabati bilan 50 ta oila yangi uylarga köçib ötişadi.

Foto:  namangan.uz

Tantanali oçiliş marosimida Namangan şahar hokim Şavkat Abdurazzoqov iştirok etdi.