Galaxy Note 8 smartfoni 6,3-dyuymli, old panelni deyarli töliq egallovçi OLED-ekranga ega böldi. Uning displeyi Galaxy S8 smartfonining 5,8 dyuymli ekraniga qaraganda 20 foizga katta va 22 foizga yorqinroqdir. Galaxy Note 8'ning eng yorqin ekran körsatkiçi 1200 nit'dan ortiqni taşkil qiladi; boşqa heç bir smartfon bunday yuqori körsatkiçlarni namoyon qila olmaydi. DisplayMate'da ta'kidlanişiça, Galaxy Note 8 "qaçonlardir sayt tarixida sinovdan ötkazilgan eng innovatsion va yuqori samarali ekran"ga ega.

Samsung Galaxy Note 8 ekrani 2960x1440 pikselli 3K kontentni qöllab-quvvatlaydi, tomonlar nisbati - 18,5: 9 = 2,05. Zamonaviy smartfonlarning aksariyati esa 1,78 tomonlar nisbatini taklif qiladi. U 100 foizli DCI-P3c ranglar gammasini qöllab-quvvatlaydi, bu esa asosan 4K televizorlarida qöllaniladi. Quyida qurilmaning barça rakurslardan suratlari havola qilinadi:
























