AQŞ Turkiyaning F-16 qiruvçi samolyoti uçuvçilariga instruktorlik qiluvçi mutaxassislarni yuboriş iltimosiga rad javobini berdi. Bu haqda Hurriyet Daily News naşri xabar bermoqda.
Naşrning yozişiça, murojaat AQŞga “reaktiv samolyotlar uçuvçilari yetişmasligini töldiriş uçun” yönaltirilgan.
Turkiya şuningdek boşqa davlatlarga ham şunday iltimos bilan murojaat qilgan. Pokiston Turkiyaga ijobiy javob bergan, biroq AQŞ bunga qarşi çiqqan. AQŞ samolyotlarining xarid qilinişi kelişuviga köra, uçinçi davlatlarga ularni sotiş, bu davlatlar tomondan ularga texnik xizmat körsatiş va jangovar tayyorlaş Vaşington tomondan ma'qullanişi lozim.
Anqara Vaşingtonga qayta murojaat qilganda ham rad javobini olgan. Naşr ma'lumotlariga köra, Pentagon bunga “xorijda uçuvçilarni tayyorlaş dasturlari mavjud emasligi” bilan javob bergan. AQŞ turk uçuvçilarini AQŞga öqitişga jönatişni taklif qilgan, biroq Turkiya uçuvçilarning öz bazalarida öqitilişini talab qilgan.












