Zara brendi asosçisi Amansio Ortega dunyoning eng boy odamlari röyxatiga boşçilik qilmoqda. U uşbu reytingda Microsoft asosçisi Bill Geytsdan özib ketdi.

Forbes naşrining yozişiça, Zara, Massimo Dutti va boşqa köplab brendlarni öz içiga oluvçi Inditex xoldingi asosçisi Ortega hisobida ayni vaqtda Geytsnikidan 200 mln dollar köproq mablağ – 85 mlrd dollar bor. 

Ortega 2016 yil sentabri va 2015 yil oktabrida ham Geytsni ortda qoldirişga muvaffaq bölgandi. 

Ortega milliarder maqomiga erişiş yölini Camiseria Gala dökonida savdolar böyiça yordamçi lavozimidan boşlagan. Keyinçalik u dökonda sotuvçi va boşqaruvçi lavozimlarida işlagan. U 1975 yilda Ispaniyaning La-Korunyasida Zara brendi ostidagi birinçi dökonini oçgan. Hozirda esa uning xoldingiga dunyoning 88 ta davlatida 6750 ta dökon tegişli.