Yoşlar press klubining taqdimot marosimi bölib ötdi
30 avgust kuni poytaxtdagi Özbekiston yoşlar ittifoqi Markaziy Kengaşida "Yoşlar press-klubi"ning taqdimot marosimi bölib ötdi. Yoşlar ittifoqi taşabbusi bilan Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Kinematografiyani rivojlantiriş markazi hamkorligida taşkil etilgan tadbirda vazirlik, idora va taşkilotlar vakillari, faol yoşlar hamda ommaviy axborot vositalari qatnaşdi. Tadbirda qatnaşgan KUN.UZ muxbiri şu haqida xabar berdi.
Yoşlar press klubining maqsadi nima?
Yoşlar press klubi - yoşlarning manfaatlarini himoya qiluvçi maydon bölib, u yoşlar bilan davlat va nodavlat taşkilotlar örtasida köprik vazifasini ötaydi. Yoşlar press klubi mavzulari yoşlarning özlaridan olingan takliflar asosida belgilanadi.
Tadbirda ma'lum qilinişiça, Özbekiston yoşlar ittifoqi taşkil etilgan kundan to bugunga qadar 6700dan ziyod murojaat kelib tuşgan. Bu muammolarning 67 foizi hal qilingan. Ikki oy içida 4800 nafar uyuşmagan yoşlarning masalasi hal etilgan. Mahallalarda yoşlar bilan uçraşib, ularning muammolari eşitilgan va ular imkon doirasida joyida hal etilgan. Şuningdek fermerlar, tadbirkorlar va uyuşmagan yoşlar bilan ham uçraşuv va suhbatlar ötkazilgan. Ta'kidlaş joizki, bunday tizimli işlarni amalga oşiriş mexanizmi yanada takomillaştirilmoqda.
Viloyat va tumanlarda Yoşlar markazlari taşkil qilinmoqda, kelgusidagi çekka hududlarda ham markazlar faoliyatini yölga qöyiş rejada bor. Uşbu markazlarda yoşlar ta'lim olişi uçun turli xil tögaraklar bepul xizmat körsatadi.
Yoşlar ittifoqi 120ga yaqin davlat va nodavlat taşkilotlar bilan hamkorlik qilmoqda, 20ga yaqini bilan Anglaşuv memorandumini imzoladi.
Yoşlar ittifoqi va xorijdagi özbek yoşlari
Tadbirda xorijda tahsil oluvçi ba'zi yoşlar nazoratsizlik natijasida turli yot oqimlarga qöşilib qolişi mumkinligi, şu bois ularni nazoratga oliş muhim ahamiyatga ega ekani ta'kidlandi. Şu örinda Xitoyning Pekin va Şanxay şaharlarida tajriba sifatida Yoşlar ittifoqining Boşlanğiç taşkiloti taşkil etilgani hamda ularning yetakçisi saylab olingani qayd etildi.

Yoşlarining tarqoqligiga yöl qöymaslik, guruh sifatida birlaşişiga imkon yaratiş, Özbekistonning milliy bayramlarini birgalikda ötkaziş maqsadga muvofiq bölişi ta'kidlandi. Xorijdagi yoşlarning qanday muammolari bor, ular nimalarga qiziqmoqda - Boşlanğiç taşkilot şu kabi işlar bilan şuğullanadi. Yoşlar ittifoqi kelgusida Rossiya, Qozoğiston, Koreya, Germaniya kabi davlatlarga borib, u yerlarda ham yoşlar faoliyatiga oid tajriba almaşişni reja qilgan.
Yoşlar ittifoqi va Özbekistonning taşabbuskor yoşlari
Tadbirda Mustaqillik bayramining 26 yilligi oldidan Davlat mukofotlariga sazovor bölgan yoşlar ham iştirok etişdi. Ularning şijoatiga havas qilsa arziydi, faol yoşlar qator ğoyalarni ilgari surgan holda, yangidan-yangi takliflar bildirişdi. Jumladan, Yoşlar teleradiokanalida yoşlar bilan onlayn muloqotni yölga qöyiş, OTMning kiriş imtihonlaridan öta olmay, tuşkunlikka tuşgan 60 mingdan ziyod yoşning taqdiriga befarq bölmaslik, çekka qişloqlardagi yoşlarning muammolarini hal qiliş uçun mahalla, tuman rahbarlarini taklif qilib, masalalarni joyida hal qiliş, Özbekistonda suratkaşlar uyuşmasini taşkil qiliş, bilimli, lekin muayyan sabablarga köra işsiz yoşlarni işga joylaştirişda kömak berişga doir savol va takliflar berildi.

Ta'kidlaş joizki, ikki kişining iş bilan boğliq muammosi Yoşlar press klubining özidayoq hal qilindi, ularning biri - otasiz voyaga yetgan, köp qiyinçiliklarni boşidan ötkazgan yigitga hatto 20 million söm foizsiz kredit beriladigan böldi.
"Har bir yoş kamida ikkita çet tilini örganişi kerak"
Şuningdek Özbekiston yoşlar ittifoqi Markaziy Kengaşi raisi Qahramon Quronboyevning aytişiça, Özbekistondagi 194 kollej Yoşlar ittifoqi faoliyatiga jalb qilinadi. Maktablarda ham iqtidorli yoşlar ittifoqini taşkil qiliş közda tutilgan. Raisning sözlariga köra, Yoşlar ittifoqi "Har bir yoş kamida ikkita çet tilini örganişi kerak", degan ğoyani ilgari surmoqçi.
Tadbirdagi kamçiliklar
Yoşlar press klubining taqdimot marosimi Özbekiston yoşlar ittifoqining Markaziy Kengaşida soat 17:30da boşlanişi kerak edi. Belgilangan vaqtda taşkilotçilar, yoşlar va jurnalistlar öz joyida, biroq spikerlardan birining keçikişi natijasida press-klubning ilk tadbiri 17:30 emas, 19:25da boşlandi - deyarli ikki soatga keçikdi va 22:00dan oşganda tugadi!

"Yaxşiyamki, jonli efir emas" degan gaplar çalindi quloqqa. Jonli efir emasligi uçunmi yoki hayajondanmi, xatoliklarga köp yöl qöyildi - kiriş qismi qolib, asosiy maqsadga ötib ketildi, keyin kiriş qismida aytiladigan gaplarga qaytildi, texnik nosozliklar közga taşlandi - bir videolavha naq uç marta e'lon qilindi. Uyuşqoqlik yetişmagandek göyo... Biroq yoşlarning şijoati, ularning közida öt çaqnab turişi, ğoyalar bilan "yonişi"dan Yoşlar press klubining kelajagiga katta umid qilsa böladi, qolganini esa vaqt körsatadi.












