Berlindagi Xalqaro maişiy elektronika körgazmasidagi (IFA 2017) ilk taqdimot Acer kompaniyasi mahsulotlariga bağişlandi. Işlab çiqaruvçi bir neça portativ qurilma, şuningdek, tarixdagi özining eng kuçli öyin kompyuterini taqdim etdi.
Chrome OS’dagi Acer Chromebook 15
Yangi Acer Chromebook 15 alyuminiyli korpus, 15,6 dyuymli Full HD IPS ekran (sensorli va oddiysi böladi), yaxşi batareya hamda çiroqli klaviaturadan iborat. Qurilma bitta quvvatlantiriş bilan 12 soat işlaşi mumkin. Bundan taşqari, unda ventilyatorlar yöq. HD-kenglikka ega veb-kamera 88 darajali köriş burçagiga ega.

Acer Chromebook 15 qatori ikki yadroli Intel Celeron protsessorlari yoki tört yadroli Intel Pentium protsessorlari hamda eMMC içki xotiraning 32 GB yoki 64 GB.lik variantlari, şuningdek, 4 GB yoki 8 GB.lik operativ xotiraga ega böladi. Chromebook 15 oğirligi 1,72 kg.ni taşkil qiladi. Yangi Chromebook 15 oktabrda çiqadi va 499 yevrodan boşlab sotiladi.
Windows 10’dagi Acer Swift 5, Spin 5 va Switch 7 Black Edition ultrabuklari

• Swift 5 1 kg.dan yengilroq, bunga noutbukning boşqa qismlarida işlatilgan öta yengil magniyli-litiyli ustki va pastki qotişma tufayli erişilgan. Qurilma bir quvvatlantiriş bilan 8 soat işlaşi mumkin. Eng yengil 14 dyuymli noutbuk.

• Spin 5 13 va 15 dyuymli modifikatsiyada çiqariladi hamda 16 GB.gaça bölgan DDR4 operativ xotiraga ega böladi. U 13 soat töxtovsiz işlaşi mumkin va NVIDIA GeForce GTX 1050 diskretli grafikaga ega. Transformer Dolby Audiöni qöllab-quvvatlaydi.
















