Ukrainaning YeIdagi vakili Nikolay Toçitskiy Yevropa Komissiyasiga murojat qilib, YeK rahbari Jan-Klod Yunker sözlari böyiça izoh berişni söradi. Yunker Ukrainaning NATO va YeIga a'zo bölişi haqida öz fikrlarini bildirgan edi, deb xabar qilmoqda UNIAN.

YeK raisi Ukraina ayni vaqtda YeIga ham NATOga ham aloqasi yöqligini aytgan edi. 

Toçitskiyning bayonot berişiça, u YeKdan Yunkerning elçilar bilan Bryusselda ötkazgan konferensiyasida aytgan sözlari yuzasidan izohlar söragan. U, şuningdek, Ukrainaning Yevropa hamda Yevroatlantika tuzilmalari bilan integratsiyaga intilişi özgarmasligi haqidagi prezident Pyotr Poroşenko sözlarini yodga olgan. 

Toçitskiyga köra, u Yevrokomissiyadagi hamkasblariga öz xavotirlarini bildirgan, çunki  Yunkerning sözlari OAV tomonidan «Ukraina va Yevrointegratsiya yölini obrösizlantiriş maqsadida qöllanilgan».