“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturida belgilangan tadbirlarning ijrosini ta'minlaş maqsadida “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan 9673,8 mln söm mablağ sarflandi. Bu haqda 30 avgust kuni Xalqaro press-klubning “Zamonaviy mahalla: taşabbuslar va kadriyatlar beşigi” mavzusiga bağişlangan anjumanida ma'lum qilindi.
Anjumanda ta'kidlanişiça, davlat dasturi doirasida kam ta'minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, uruş va mehnat fronti faxriylari, yolğiz keksalar, nogironlarning 26 118 nafariga 3 456,4 mln sömlik moddiy yordam körsatildi. 125 nafar nogiron va çin yetim talabaning öquv-şartnoma pullarini tölaş uçun 497,8 mln. söm ajratildi.
Joriy yilgi yozgi ta'til mavsumida mahallalardagi kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj 700 ta oilaning farzandlarini 72 ta sölim oromgohda dam oldi. Buning uçun “Mahalla” fondining hududiy bölim va bölinmalari hisobidan 600,0 mln. söm mablağ sarflandi.
Şuningdek, 698 nafar yolğiz keksalar, 812 nafar pensionerlarga oziq-ovqat mahsulotlari, 321 nafar nogironga maxsus aravaçalar sovğa qilindi, 128 nafar yolğiz keksaning tuğilgan kunlari nişonlab berildi. 611 nafar keksaning uy-joylari ta'mirlandi. 8710 nafar keksa avlod vakillari, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uçun tarixiy obidalar, ziyoratgohlar va muqaddas qadamjolarga sayohatlar uyuştirildi.
2017 yil iyun holatiga köra, 5,5 mln. dan ziyod xonadonlar bilan muloqotlar qilindi. Buning natijasida, 839 ming 900 ta muammo va takliflar aniqlandi. Ularning 421 ming 630 tasi (48,3 %) joyida hal etildi, 418 ming 270 tasi tuman va şahar dasturlariga kiritildi.
Fuqarolarning özini özi boşqariş organlarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlaş böyiça “Mahalla” fondi tomonidan 1 759 ta fuqarolar yiğini mebel jihozlari, 715tasi kompyuter jamlanmasi bilan ta'minlanadi. 149 ta fuqarolar yiğini joriy ta'mirlanadi. 88tasi rekonstruksiya qilinib, 72 tasi yangidan qurildi. 129 ta bolalar maydonçasi ta'mirlandi, 213ta zamonaviy va xavfsiz bolalar maydonçasi namunaviy loyiha asosida qurilib, foydalanişga topşirildi.
“Xalq bilan muloqot va inson mafaatlari yili” Davlat dasturida belgilangan tadbirlarning ijrosini ta'minlaş maqsadida “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan 9673 ,8 mln söm mablağlari sarflandi.











