“Mahalla” xayriya jamoat fondining homiylik mablağlari yirik şaharsozlik loyihalarini amalga oşirişga jalb etilmoqda. Bu – prezident tomonidan 20 iyul kuni imzolangan ikkita qarorda közda tutilgan.

“Yangi Toşkent şahrini barpo etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorda nodavlat taşkilot hisoblanuvçi fondga loyihani moliyalaştiriş böyiça topşiriq berilgan.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi Toşkent şahri hokimligi bilan birgalikda 2023 yil 1 sentabrga qadar Direksiyaga öz faoliyatini yölga qöyiş uçun “Mahalla” xayriya jamoat fondining Ğaznaçilik xizmati qömitasida oçilgan hisobvarağidagi homiylik xayriyalari hisobidan 50 million AQŞ dollari ekvivalentidagi mablağni beğaraz ajratsin”, – deyiladi hujjatda (direksiya deganda Yangi Toşkent şahrini quriş direksiyasi nazarda tutilgan).

Samarqand şahrida Şirin şaharçasini quriş böyiça qarorda esa, loyihaga pul ajratiş böyiça “Mahalla” fondining özi taklif kiritgani yozilgan.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi va Samarqand viloyati hokimligining 2023 yil 1 sentabrga qadar Direksiyaga “Mahalla” xayriya jamoat fondining Ğaznaçilik xizmati qömitasida oçilgan budjetdan taşqari ğazna hisobvarağiga tuşgan homiylik mablağlari hisobidan 3 yil muddatga 150 milliard söm foizsiz qarz ajratiş töğrisidagi taklifi ma’qullansin”, – deyiladi qarorda (direksiya deganda Şirin şaharçasini quriş direksiyasi nazarda tutilgan).

Qayd etilişiça, fond mablağlari Şirin şaharçasi qurilişi munosabati bilan jismoniy va yuridik şaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplaşga, şaharça uçun infratuzilma va ijtimoiy soha obektlarini qurişga yönaltiriladi. 150 mlrd sömlik bu mablağ Samarqand viloyati mahalliy budjeti mablağlari hisobidan 2025 yildan boşlab har çorak oxirida teng uluşlarda “Mahalla” fondiga qaytariladi.

“Mahalla” xayriya jamoat fondining ustaviga köra, fond yuridik şaxslar tomonidan ixtiyoriy mulkiy badallar qöşiş asosida taşkil etilgan, xayriya, ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy yoki boşqa ijtimoiy foydali maqsadlarni közlaydigan, a’zoligi bölmagan hamda taşkiliy-huquqiy şakli jamoat fondi bölgan nodavlat notijorat taşkilotdir.