Sörovnomada obunaçilardan «Mahalla» hayriya jamoat fondi huzurida taşkil etilgan «Saxovat va kömak» jamğarmasidan rozimisiz?» degan savolga javob beriş söralgan.
Respondentlar tanlaşi uçun qöyilgan javob variantlarining barçasi deyarli bir xil mazmunda ekani e'tiborga molik: «Ha, roziman», «Albatta, roziman», «Taşkil etganlarga rahmat», «Fond tizimidagi xodimlarga rahmat».

Sörovnoma joylangaç tez orada ijtimoiy tarmoqlarda kulgiga sabab bölib, tanqidga uçraşi ortidan kanaldan öçirildi. Köp ötmay kanalning özi ham öçirib yuborildi.
Sönggi ma'lumotlarga köra, «Saxovat va kömak» jamğarmasiga tuşgan mablağlardan 2 milliondan oşiq fuqaroga turli şakllarda yordam körsatilgan.
«Mahalla» jamoat fondining 502 nafar foydalanuvçisi bor Telegram-kanalda bunday sörov ötkazilişidan közlangan maqsad ham tuşunarsiz qolgan.










