Meksika taşqi işlar vaziri Luis Videgarayning ma'lum qilişiça, mamlakat erkin savdo töğrisidagi Şimoliy Amerika kelişuvi böyiça muzokaralardan boş tortişi mumkin. Bu holat AQŞ yana undan çiqiş haqida tahdid qiladigan bölsa, röy beradi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.

Agentlikning aniqlik kiritişiça, avvalroq Amerika prezidenti Donald Tramp AQŞ Kanada hamda Meksika bilan qulay savdo kelişuvlariga erişiş uçun NAFTA’dan çiqişi lozimligi haqida ma'lum qilgan.

Meksika taşqi işlar va iqtisodiyot vazirlarining taşrifi davomida AQŞ savdo vaziri Uilbr Ross bilan uçraşuv ötkazildi. Uning davomida har ikki davlat vakillari NAFTA böyiça «jiddiy» muzokaralarni davom ettirişga kelişib olişdi.

Kelişuv böyiça muzokaralarning birinçi turi Vaşingtonda avgustda yakunlandi. Ikkinçi tur Meksikada 1-5 sentabr kunlari bölib ötadi.

Avvalroq Tramp NAFTA'ni tarixdagi eng rasvo savdo bitimi, deb atagandi.