O‘zbek milliy ipakchilik san'atiga bag‘ishlangan kitobning taqdimoti bo‘lib o‘tdi
30 avgust kuni "International Hotel Tashkent" mehmonxonasida "O‘zbek ipagining gulgun fasli" nomli kitobning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda o‘zbek milliy to‘quvchilik maktabi va ipakchilik san'atining kelib chiqish tarixi haqida so‘z bordi.
Taqdimot marosimida madaniyat, san'at, fan arboblari, diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi. Mazkur kitob Islom Karimov nomidagi Fond tomonidan O‘zbekistonning YuNeSKOdagi vakolatxonasi hamkorligida nashr etilgan.
Yangi kitob to‘rt tilda (o‘zbek, rus, ingliz va fransuz) chop etilgan bo‘lib, unda milliy ipakchilik an'analari haqida hikoya qilinadi. Bu asarni bir so‘z bilan milliy ipakchiligimiz haqidagi betakror solnoma deb atash ham mumkin.
Kitobni varaqlar ekansiz, milliy gazlamalarning kelib chiqish tarixi, atlas, adras, beqasam, shoyi kabi matolarning ta'rifi, shuningdek, qiziqarli ma'lumotlarga guvoh bo‘lasiz. Shuningdek, har bir mavzu rang-barang suratlar bilan uyg‘unlashgani kitobxonda katta qiziqish uyg‘otadi.
"Ikat" uslubidagi ko‘hna to‘quvchilik hunari avloddan avlodga o‘tib kelayotgan mo‘tabar omonat o‘laroq bebaho madaniy boyligimiz sanaladi. Betakror va benazir ipakchilik maktabi asrlar davomida nash'u namo topdi. Milliy hunarmandlar o‘zbek xalqining chinakam madaniy boyligi - ipakchilik usullari va an'analarini ko‘z qorachig‘idek asrab kelayotgani tahsinga sazovor", dedi O‘zbekistonning YuNeSKOdagi doimiy vakili Lola Karimova-Tillayeva taqdimot marosimida.
Shuningdek, Lola Karimova-Tillayeva ushbu risolani tayyorlashda o‘z hissasini qo‘shgan O‘zbekistonning YuNeSKOdagi vakolatxonasiga, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, san'atshunoslik fanlari doktori Akbar Hakimov, san'atshunoslik fanlari nomzodi Shahlo Abdullayeva, o‘zbek ipakchilik an'analarini qayta tiklagan mohir usta Rasul Mirzaahmedov va boshqalarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Boylar davrasi: dunyo milliarderlari Tramp inauguratsiyasida yig‘ildi
Jahon | 22:19 / 21.01.2025
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20 / 21.01.2025
100 dollarlik banknotaning eskisidan voz kechilyaptimi?
Iqtisodiyot | 11:05 / 21.01.2025
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16 / 21.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
BMT bosh kotibi 2025 yildagi asosiy tahdidlarni sanadi
Jahon | 21:11 / 22.01.2025
-
G‘arbiy sohildagi qotilliklar, Isroil harbiylari iste’fosi va NATOdan madad kutayotgan Zelenskiy - kun dayjesti
Jahon | 12:28
-
Toshkentda kuchli dorilar savdosi bilan shug‘ullanuvchi guruh fosh etildi
Jamiyat | 12:20
-
O‘zbekiston hukumati a’zolari Donald Trampning inauguratsiyasini AQSh elchixonasida kuzatdi
O‘zbekiston | 12:04
Mavzuga oid
21:20 / 11.01.2025
Temu'ga majburiyat, telefondagi hujjatlar va mashhur kitoblar tarjimasi - hafta dayjesti
14:39 / 06.12.2024
Angela Merkelning kitobi startdayoq bessellerga aylandi
13:34 / 07.10.2024
Turkiyada Islom Karimov haqida kitob nashr qilindi
11:53 / 06.10.2024