Maqolani ermakka emas, balki dilimdagi bor gapni tökiş uçun yozayapman. Keça tayyorlagim kelgandi, lekin ehtiroslarim aqlimdan ustun çiqişini bilib, biroz fursat ötkazdim.
Muxlislarning boş murabbiy haqida: “Tarkibga falonçini nega oldi?”, “Taktikasi qani?”, “Nega heç kreativ ğoyalarni maydonda körmayapmiz” kabi e'tirozlari bejiz emasligi keça yana bir bor körindi. Bilasizmi, ikki yildan beri tanqidiy ruhda nomi çiqqan va çiqmagan jurnalistlar tomonidan yozilgan yuzlab maqolalar umuman samara bermaganiga hayron bölasan, kişi. Ularning tanqidlari Babayan minib olgan tankka otilgan kesak misoli ta'sir qildi xolos. Endi öşa jurnalistlar: “Hali imkoniyat bor” körinişida qoğoz qoralab, raqamlarni sanaşga ötişgan.
Taktikasi yöq jamoa, mazmuni yöq şe'rga öxşaydi. Qofiya, vazn, turoq, sözlar jamlanmasi bor, biroq ma'no yöq. “Babayan taktikasi”ning bor falsafasi ham şunda. Öyinçilar maydonda bor, taktika yöq. Biroq, “özbek futboli tarixidagi eng zör terma” ustozi alohida öyinçilardagi “körinmas qobiliyat” va “qirralar”ni anglay oladi. Sergeyev va Lobanovni “öziga xos” jihatlarini faqat mana şu murabbiy köra oldi. Biz nodonlar tuşunmadik. Doston Hamdamov “Osiyoning eng yaxşi yoş öyinçisi” deb tan olinişi mumkin, lekin Babayan nazdida u zaxiraga loyiq. Fozil Musayev Yaponiya oliy ligasida ming töp sursin, terma jamoaga yaramaydi. Vagiz Galiulin haqida-ku gapiriş befoyda. Öyinçilarning bunday saralanişidan taşqari, Babayan falsafasi oldida taktika bir çetda xomuş qoldi. Muxlislar esa ana şunday falsafa oqibatida öz termasini ligasi ham bölmagan Suriyadan quyida körib turibdilar.
Bilib aytişgan: “Futbolning boşi, örtasi va oxiri murabbiyga boğliq”. Keça biz özimizni jamoa öyiniga özimiz tomondan nazar solib, yigitlarimizda juda köp imkoniyatlar böldi deb öyladik ham. Nima, Xitoy termasida imkoniyatlar bölmadimi? Nesterov beş soniyaning özida joniqib, ikki martalab yakkama-yakkani olgani, darvozamiz tomon har uç daqiqada bittadan burçak tepilgani yöqmi? Hisob raqib foydasiga bundan-da katta körinişda bölişi ham mumkin edi..
Xitoy yevropalik murabbiy boşçiligida sovuqqon va mazmunli öyin körsatdi. Ğalaba uçun jonini berib, biroz qöpolroq, lekin aniq maqsad yölida harakat qilgan jamoa öyin söngida maqsadiga erişdi. Bilamiz, murabbiy Lippi haqida eşitgan joyingiz bor. Marçello Lippi - futbol tarixida jamoasi bilan ham jahon çempionati, ham Çempionlar Ligasini yutgan birinçi murabbiy. “Yuventus”ni 4-2-3-1 sxemasida öynatib, butun dunyo yoqimtoyiga aylantirgan va Yevropada yagona qilgan ham - Lippi böladi. Uning köhna qit'ada erişgan yutuqlari haqida yoziş uçun ança vaqt ketadi.
Samvel Babayan şaxsiga nisbatan menda umuman adovat yöq. Lekin, mana şu inson qanday qilib boş jamoa murabbiyligiga joylaşib qolgani taajjubga solaveradi. Rasmiy termaga milliy çempionat va qit'ada ma'lum bir yutuqlarni qölga kiritgan murabbiy tayinlanişi kerak emasmidi? U murabbiy bölganidan beri termamiz biror marta mazmunli taktikaga ega uçraşuv ötkazmadi. Eh, gapirsang gap köp. U böldi, bu böldi oxiri “Xayr, Rossiya” böldi. Keyingi jahon çempionatigaça yoşi ötib qoladigan Odil Ahmedov va Vitaliy Denisov uvol böldi.












