Terma jamoamiz safida Avstriyaga boradigan "Paxtakor" futbolçilariga turli körinişlarda bu jamoaga begona bölmagan Sergeyev, Lobanov, Krimets-u Merzlyakovlarni qöşsak, "Paxtakor" ataylab yoki ataylab emas, terma jamoamizning bazaviy klubiga aylanib qoladi. Bunday holatning yuzaga kelişi futbolda köp kuzatiladi, köpinça tabiiy hol böladi va bir neçta sabablar mavjud.
Misol uçun, bir mamlakatda yagona kuçli jamoa böladi. Içki çempionat ham şu jamoaning yaqqol yetakçiligida ötadi, bu jamoaning raqiblariga qarşi öyinlarida ustunligini bemalol ilğaş mumkin. Öşa jamoaning tarkibi har jihatdan boşqalarga qaraganda bir boş baland saviyada böladi. Bunday holatlarda, öz özidan mamlakat terma jamoasi aynan öşa klubning futbolçilaridan taşkil topadi. Misol qilib ön beş yil oldin taşkil qilingan "Paxtakor"ni keltirişimiz mumkin. "Paxtakor" öşanda Özbekistonning barça kuçli futbolçilarini özida jam qilib olgan, oliy ligamizning yagona peşqadamiga aylangan, katta ustunlik bilan barça sovrinlarni öziniki qilib olgan, Osiyo maydonlarida ham yurtimiz şarafini munosib himoya qilgan va terma jamoamizning bazaviy klubiga aylangan edi. Yoki teskarisi bölib, avval bazaviy klubga aylantirilib, keyin sovrinlar yutib olinganmidi, esimda yöq, muhim emas.
Ikkinçi variant - bizda kuzatilmaydigan boşqa bir holat ham bölişi mumkin. Terma jamoaning bazaviy klubi öşa mamlakatning eng peşqadam klubi bölişi şart emas. Şunçaki, içki seleksiya va akademiyaga e'tibor bergan biror klub bir davrda haddan taşqari köp terma jamoaga nomzod futbolçilar yetiştirib beradi. Bunday hollarda, odatda öşa mamlakatning boşqa peşqadam klublarida asosiy planda legionerlar böladi. Uzoq vaqt "Yuventus" Italiyaning bazaviy jamoasi sanalgan, hatto jamoa çempionlik bahsida "Inter" yoki "Milan"ga boy berib yurgan davrlarda ham. Çunki, Milan klublari taşqi bozorga köproq e'tibor qaratişgan va tarkib legionerlarga tölib ketgan edi.
Yaxşilab e'tibor qaratadigan bölsak, terma jamoamizdagi bugungi holat har ikki qolipga ham mos tuşmayapti. "Paxtakor", ayniqsa hozir, mamlakatimizning yaqqol peşqadam klubi emas, öyin bobida boşqalardan ajralib turmaydi, bu yildan boşlab natijalarga ham putur yetdi. Agar terma jamoamizning asosiy maqsadi xalqaro maydondagi natijalar ekanini eslasak, "Paxtakor"ning Osiyodagi natijalari ham havas qilgudek emas. "Paxtakor" bugungi kunda içki çempionatda "Lokomotiv"dan ham, "Bunyodkor"dan ham ortda qolmoqda va şu bilan birga, uşbu jamoalarning tarkibi legionerlar bilan tölib ketmagan.
Savol tuğiladi, nega asosiy tarkibni qöying, hatto "Paxtakor"ning zaxira örindiğida köproq vaqtini ötkazadigan nomlarda ham terma jamoada özini sinab köriş uçun köproq imkoniyat mavjud?Uşbu yiğinlarning aslida unçalik katta ahamiyat kasb etmasligi, aslida terma jamoamizning asosini taşkil qilgan futbolçilar, xususan legionerlar, muhim öyinlarda maydonga tuşişi, ya'ni, mana şu bugun yiğin ötkazayotgan futbolçilar baribir asosiy öyinlarda asosiy tarkibda maydonga tuşmasligini aytib, izohlaş mumkin. Unday bölsa, bitta savolimiz ikkitaga aylanadi.












