JÇ-2018 saralaş bosqiçi doirasidagi Xitoy va Özbekiston terma jamoalari uçraşuvidan (1:0) keyin Özbekiston terma jamoasi boş murabbiyi Samvel Babayan öyin borasida gapirib ötdi.

«Qiyin öyin ötkazdik va afsuski, mağlubiyatga uçradik. Bugun omad bizdan yuz ögirdi, omad raqib tomonda böldi. Bugungi öyin uçun barça futbolçilarga rahmat aytaman, ular maydonda bor kuçini berdi. Afsuski, öyin yakunlanib borayotganda darvozamiz tomon penalti belgilandi. Bundan natijaga loyiq emasdik. Öyin yakunida Marçello Lippiga omad ularga kulib boqqanini aytdim. Qaytarib aytaman, mağlubiyatga loyiq emasdik.  

Raqibni hurmat qilgan holda şuni aytişim kerakki, Toşkentda bölgani kabi bu yerda ham ğalaba qozonişimiz kerak edi. Ammo bir qança imkoniyatlardan foydalana olmadik.

Birinçi navbatda Xitoy bilan öyinni xotirjamlik bilan örganib çiqişimiz kerak. Şundan keyin Janubiy Koreyaga qarşi öyinga tayyorgarlik köramiz.  Jahon çempionatiga çiqiş uçun imkoniyat saqlanib qoldi. Barçasi Toşkentda, Janubiy Koreyaga qarşi öyinda hal böladi», deya gapirib ötdi Babayan Sport telekanali jonli efirida namoyiş etilgan matbuot anjumani vaqtida.

Eslatib ötamiz, Özbekiston terma jamoasi 5 sentabr kuni Toşkentdagi “Bunyodkor” stadionida Janubiy Koreyaga qarşi bahs olib boradi.