Özbekistonda muborak Qurbon hayiti keng nişonlanmoqda. Mamlakatimizdagi jome' masjidlarida hayit namozi öqildi. Dastlabki ma'lumotlarga köra, ularda 15 milliondan ortiq yurtdoşimiz saodatli kun ibodatini ado etdi, deb xabar bermoqda ÖzA.
Poytaxtdagi Hazrati Imom jome' masjidi ham erta tongdan yurtdoşlarimiz bilan gavjum böldi.
Hayit namozi ma'ruzasida Qurbon hayiti bayrami tarixi, muqaddas dinimiz buyurgan ibodatlar, yurtimizda islom dini rivoji, ma'naviy qadriyatlarimiz yuksalişi yölida amalga oşirilayotgan sa'y-harakatlar, bugungi farovon hayotimiz mazmun-mohiyati haqida söz bordi.
Hayit kunlari döstlik va birodarlik ruhida xayru saxovat kabi ezgu amallar bajariladi, gina-qudratlar unut böladi. Kişilar yaqinlarini yöqlaydi, bemorlar va muhtojlar holidan xabar oladi, ularga hadyalar ulaşadi. Bu özaro mehr-oqibat riştalarini yanada mustahkamlaydi.
Qurbon hayiti ma'ruzasida insonlarga mehr körsatiş, ularning öy-taşvişlarini örganib, yaxşilik qiliş ğoyat savobli tadbirligi, mamlakatimizda Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida xalqimiz saodatli turmuşi yölida amalga oşirilayotgan ezgu işlar, ularning hayotdan rozi bölib yaşaşi uçun olib borilayotgan islohotlar ana şu jihati bilan ham juda qadrli ekani aytib ötildi.
– Prezidentimiz rahnamoligida islom dinining insonparvarlik mohiyatini oçib beriş, jaholatga qarşi ma'rifat bilan kuraşiş, yoş avlodni ezgu ğoyalar, milliy ğurur va iftixor ruhida tarbiyalaş, Özbekiston zaminidan yetişib çiqqan buyuk alloma va mutafakkirlar merosini örganiş, islom ta'limotining turli yönalişlarida çuqur ilmiy-tadqiqotlar ötkazişni taşkil etiş borasida salmoqli işlar amalga oşirilayotganiga barçamiz şohidmiz, – deydi Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov. – Bu albatta, ma'naviyatimizni yanada yuksaltiriş, jamiyatimizda tinçlik va osoyiştalik, ijtimoiy barqarorlik, özaro ahillik va totuvlikning kuçayişiga xizmat qiladi. Bugungi şukuhli kunlarda oilalarimiz mustahkam, farzandlarimiz baxtli, yoşlarimiz har tomonlama yetuk, odob-axloqli, Vatani, xalqi, dinu diyonatiga sodiq bölib kamol topişlarini sörab, duoi xayrlar qiliş asosiy burçimiz va vazifamizdir. Şu kunlarda 7 ming 300 dan ziyod yurtdoşimiz haj ibodatini ado etmoqda. Ular orasida Prezidentimiz taşabbusi bilan muborak safarga jönatilgan 70 dan ortiq Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçisi va yana şunça ularga hamrohlik qiluvçining borligi xalqimiz uçun quvonçli voqea böldi. Ular ham muborak safarda Yaratgandan Vatanimiz taraqqiyoti, xalqimiz ravnaqini sörab Makkai mukarramada, Arafot va Mino vodiysida duoi xayrlar qilmoqda.
Qurbon hayiti ma'ruzasida xalqimizning uluğ farzandi, mustaqilligimiz asosçisi Birinçi Prezidentimiz Islom Karimov xotirasi yodga olindi. U kişi rahnamoligida xalqimiz turmuşi farovonligi, emin-erkinligimiz yölida amalga oşirilgan keng miqyosli islohotlar bardavomligi e'tirof etildi.












