JÇ-2018 saralaş öyinlari Osiyo mintaqasi, sönggi bosqiç, A guruh öyinlarida 9-tur öyinlarin öz nihoyasiga yetdi. Natijalar bilan tanişing:

XITOY - ÖZBeKISTON - 1:0

SURIYa - QATAR - 3:1

JANUBIY KOReYa - ERON - 0:0

Yakunda, guruhimiz qöyidagi köriniş hosil qildi:

Tabiiyki, sönggi tur oldidan guruhimizdagi çigal vaziyatni oydinlaştiriş va albatta, terma jamoamizning mundial yöllanmasiga bölgan imkoniyatini çamalaş vaqti keldi.

5 sentabr kuni, sönggi turda qöyidagi öyinlar bölib ötadi:

QATAR - XITOY, ERON - SURIYa, ÖZBeKISTON - JANUBIY KOReYa

Şuni alohida e'tirof etiş kerakki, yöllanmani naqd qilgan Erondan taşqari, qolgan beş jamoaning törttasi hali ham kamida uçinçi örin uçun imkoniyatni saqlab turibdi.

Endi Özbekiston terma jamoasining imkoniyati haqida söz yuritamiz.

Toşkentda bölib ötadigan Janubiy Koreyaga qarşi öyin qöyidagi natijalar bilan yakunlanişi mumkin:

JANUBIY KOReYaNI YuTSAK...

Bu holda oçkolarimiz soni 15taga yetadi va Janubiy Koreyani turnir jadvalida ortda qoldiramiz. Ammo afsuski, endi buning özi yetarli bölmaydi. Sababi, 2-örin uçun kuraşga Suriya terma jamoasi ham qöşildi. Eronga safar qiladigan Suriya terma jamoasining töplar nisbati +1. Bizniki esa -1.

Bundan kelib çiqadiki, mabodo Suriya Eronda ğalaba qozonadigan bölsa, bizning ğalabamiz ham foyda bermay qolişi mumkin. Agar Suriya Eronni minimal (1:0) hisobda yutadi deb tasavvur qilgan taqdirimizda ham, koreyslarni yirik hisobda yutişimizga töğri keladi. Qisqa qilib aytganda, biz endi guruhda 4-örindamiz, bir emas, ikki jamoa bilan kuraşyapmiz va endi barçasi öz qölimizda emas. 

Agar Suriya Eronni yuta olmaydigan bölsa, biz Koreyani har qanday hisobda yutib, mundial yöllanmasiga ega çiqişimiz mumkin.

JANUBIY KOReYa BILAN DURANG ÖYNASAK...