Belgiyalik aktyor Jan Klod Van Dammning kenja öğli, 21 yoşli Nikolas Van Varenberg biryöla bir neça ayblovlar böyiça hibsga olindi. Xususan, u giyohvand moddalarni saqlaş, birovni noqonuniy ozodlikdan mahrum qiliş va qurolli hujum sodir etişda gumon qilinmoqda, deya xabar beradi TMZ.

Manbaga köra, voqea Arizona ştatidagi Tempe şahrida röy bergan. Varenbergning qöşnilari politsiyaga qönğiroq qilib, uning liftni öynab, işdan çiqarayotganini aytişgan. Voqea joyiga yetib kelgan huquq himoyaçilari yigitning kvartirasiga olib boruvçi qon izlarini aniqlaşgan. Varenbergning qöşnisi eşikni oçib, uning qöli qonaganini aytgan.

Şundan söng politsiya xodimlari ortlariga qaytişga qaror qilişgan. Kutilmaganda pastda öşa qöşni ularga yetib olib, Varenbergning kvartirasidan qoçib çiqqani, Van Dammning öğli unga piçoq öqtalib tahdid qilganini ma'lum qilgan. Qöşnining sözlariga köra, uning huquq-tartibot xodimlariga eşikni oçgani yigitga yoqmagan. 

Varenbergning xonasi tintuv qilinganda politsiya xodimlari u yerdan xuddi öşa piçoq va marixuana topişgan.