Asian Fight-2017: Van Damm O‘zbekistonga kela olmaydi, uning o‘rniga Hollivudning boshqa bir yulduzi tashrif buyuradi

9 sentabr kuni O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahridagi muhtasham”Bunyodkor” stadionida miks-filat bo‘yicha Asian Fight-2017 xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tishi haqida xabar berilgan edi. 9 nafar sport ustalarimiz ishtirokidagi turnirning faxriy mehmonlari sifatida dunyoga mashhur aktyor va jang san'ati ustasi Jan Klod Van Damm hamda sport ustasi Jyef Monson kelishi aytilgan, Van Damning Vankuverdan yo‘llagan videosalomi ijtimoiy tarmoqlarda ommalashib ketgan edi.
Ammo, 6 sentabr kuni O‘zbekiston Penchak-Silat federatsiyasi matbuot xizmati tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qilinishicha, Van Damm og‘ir betob bo‘lib qolganligi sababli O‘zbekistonga kela olmasligini 5 sentabr kuni ma'lum qilgan va tashrifni qoldirgan.
Tashkilotchilarning sa'y-harakatlari natijasida Van Dammning o‘rniga Hollivud jangari filmlarining yana bir yulduzi, millionlab kino va sport muxlislarining sevimli aktyori va sportchisi, jang san'ati ustasi Stiven Sigal tashrif buyuradi.
O‘zbekiston Penchak-Silat federatsiyasi matbuot kotibi Jyef Monsonning tashrifiga ham oydinlik kiritib, Van Damm bilan imzolangan bitim shartlaridan biriga muvofiq, Jyef Monsonning kelishi ham belgilangani, Van Damm bilan kelishuv amalga oshmaganligi sababli, federatsiya tashabbusi bilan Jyef Monson bilan kelishuv buzilganini ma'lum qildi.
U, shuningdek, ushbu sport turi muxlislaridan o‘zlariga bog‘liq bo‘lmagan noqulaylik uchun uzr so‘ragan holda, Van Damm hamda Jyef Monson kelishi munosabati bilan chipta xarid qilganlar, mabodo chiptalarni qaytarishni xohlashsa, so‘zsiz qaytarib olinishini bildirdi.
Matbuot anjumanida ishtirok etgan uch karra jahon chempioni Mahmud Murodov va jahon chempionati sovrindori Muhammadali Toshturg‘unovlar esa, Penchak-Silat, miks-silat ishqibozlarini “Bunyodkor” stadioniga taklif qilib, asosiysi faxriy mehmonlarning kelish-kelmasligi yoki ularning kimligida emas, balki ringga o‘zbek o‘g‘lonlari yurt bayrog‘ini yana bir bor yuqori ko‘tarish uchun chiqayotganlarida ekanini qayd etishdi
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bellissimo Pizza dunyodagi eng yaxshi 5 pitssa brendidan biri deb topildi
O‘zbekiston | 09:00
-
NATO bosh kotibi Odessada: Ukrainani qo‘llab-quvvatlash davom etadi
Jahon | 08:40
-
Namanganda 16 yoshli qiz boshqaruvidagi Spark kanalga tushib ketdi
Jamiyat | 08:26
-
AQSh: Ukrainada o‘t ochish to‘xtatilmaguncha, Rossiya bilan hech qanday kelishuv bo‘lmaydi
Jahon | 08:02
Mavzuga oid

18:55 / 02.04.2025
Van Damm Ruminiyada odam savdosiga oid jinoiy ish figurantiga aylandi

22:30 / 10.09.2017
Toshkentda “Asian Fight-2017” xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi

11:28 / 09.09.2017
“Asian Fight-2017” xalqaro turnirida ringga ko‘tariladigan juftliklar ma'lum bo‘ldi

08:57 / 29.12.2016