Germaniya kansleri Angela Merkelning ma'lum qilişiça, mamlakatning Turkiyaga nisbatan siyosiy kursi kuçaytirilişi mumkin, deb xabar bermoqda Die Welt.

Merkelning bayonoti Antaliyada 31 avgust kuni ikki nafar nemis fuqarosining qölga olinişi bilan boğliq. Germaniya TIV ma'lumotiga köra, Turkiyada 55 nafar nemis fuqarosi hibsda saqlanmoqda, ulardan 12 nafari – siyosiy ayblovlar bilan qamoqda qolmoqda.

«Bunday şaroitda bojxona ittifoqini kengaytiriş haqida muzokaralar ötkazilişi mumkin emas», - degan kansler.

Uning ta'kidlaşiça, GFR hukumati Turkiyaga nisbatan siyosiy kursini yangiladi, biroq sönggi hodisalar tufayli u qayta körib çiqilgan.

Avvalroq Merkel Turkiya bilan munosabatlar qay şartda tiklanişini aytgandi.