Kuzatuvlar tarixi davomida Yerga yaqinlaşgan asteroidlardan eng kattasi bölgan Florence asteroidi 1 sentabrda sayyoramiz yonidan unga heç qanday zarar yetkazmasdan potensial xavfli masofadan uçib ötdi. Bu haqda Moskva davlat universitetining Şternberg nomidagi davlat astronomiya instituti kosmik monitoring laboratoriyasi rahbari Vladimir Lipunov ma'lum qildi.
“Florence sayyoramiz yonidan uçib ötdi. Uni bizning “Master” tarmoğimizdagi robotlaşgan teleskoplar yordamida avval Baykal, söngra Janubiy Afrika ustida kuzatib, suratga oldik”, deb aytgan olim.
Uning ta'kidlaşiça, samo jismi Yerga 7 mln kilometr masofaga yaqinlaşgan. Bu masofa Yerdan Oygaça bölgan masofadan 18 marotaba kattadir.
Şternberg nomidagi davlat astronomiya instituti katta ilmiy xodimi Vladimir Surdinning aytişiça, asteroidning yaqinlaşişi butun dunyo astronomlarida qiziqiş uyğotgan. “Bu hodisa biz bunday yirik asteroidlarni bungaça katta aniqlik bilan hali örganmaganimiz sababli noyobdir. Uning yaqinlaşişida heç qanday qörqinçli narsa bölmagan, ilmiy qiziqiş esa albatta böldi, çunki bunday katta asteroidlar sayyoramizdan ança uzoqdan uçadi, bu asteroid esa birinçi marta yaqin keldi”, deb aytgan olim.
Surdinning qöşimça qilişiça, har qanday asteroid öziça qiziqdir, çunki u özida katta sayyoralar şakllangan moddalarni taşiydi. “Biz sayyoramiz içiga boqa olmaymiz, u yerda barça narsa katta çuqurliklar ostida joylaşgan, asteriodlar esa katta sayyorlar içki qismini şakllantirgan ğiştlardir. Biz ularni örganib, Yer tubida qanday moddalar borligini bilişimiz mumkin”, degan olim.
Florence’ning diametri 4,5 km ga teng bölib, u 1981 yilda amerikalik astronom Şelte Bas tomondan oçilgan.












