Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JCh–2018 saralashi. O‘zbekiston joylashgan guruhda oxirgi tur o‘yinlari bir vaqtda boshlanadi
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) JCh–2018 saralash bosqichi «A» guruhi 10-turidan o‘rin olgan barcha o‘yinlar bir vaqtda boshlanishi haqida ko‘rsatma berdi va har bir mamlakat hududidan kelib chiqqan holda bellashuv vaqtlarini belgiladi, deb yozmoqda O‘FF rasmiy sayti.
«A» guruhi so‘nggi tur uchrashuvlari shu yilning 5 sentabr kuni bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda Janubiy Koreya bilan bahs olib borsa, Eron o‘z maydonida Suriyani qabul qiladi. Xitoy esa safarda Qatar mehmoni bo‘ladi. Barcha o‘yinlar Toshkent vaqti bilan 20:00 da start oladi.
JCh–2018 saralash bosqichining «B» guruhida esa o‘yinlar bir vaqtda boshlanmaydi. Iroq va BAA neytral maydon – Eronda o‘ynashi hamda Avstraliyaning noqulay vaqt hududi ushbu guruhdagi o‘yinlarning bir vaqtda boshlanishiga imkon bermadi.
Mavzuga oid
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026
Janubiy Koreya O‘zbekistonda AT ta’limi uchun 14 mln dollar grant ajratadi
22:00 / 17.04.2026