Yaponiyada 2,7 millionga yaqin millionerlar istiqomat qiladi, bu esa Xitoy va Germaniyadagi millionerlarni qöşganda ham köproq, — deb yozadi Insider Pro özining tahliliy maqolasida.

Keling, yaponiyalik millionerlar pensiyaga çiqişganidan söng öz boyliklarini qay yösinda tasarruf etişga qiziqib köraylik. Kyusyu orolining boş temir yöli prezidenti oldida bir muammo köndalang bölgan edi: uning poyezdlaridan borgan sari juda kam inson foydalanar edi. Odamlar keksayib borar, pensiyaga çiqib, ertalablari işga qatnamay qöyişmoqda edi. Insonlarning birinçi galdagi zaruratiga kirmaydigan narsalarni istaşiga ayyorlik bilan qözğatiş kerak edi. Nihoyat yeçim topildi: ultra haşamatdor poyezdlar yaratiş!

Yangilik şu qadar maşhur bölib ketdiki, Yaponiyaning eng yaxşi ikki temiryöl kompaniyalari ğoyadan nusxa olib, öz biznesiga ham joriy eta boşlaşdi. Ulardan biri — East Japan Railway Co may oyida önta yotoq vagonidan iborat haşamatli ekspressini taqdim etdi: ilk çiptalarni xarid qilgan 34 baxtli inson sayohatdan katta taassurotlar va zavq tuygan holda qaytişgan.

Bu poyezd klassik şarqiy ekspressning zamonaviy talqini desa ham böladi. Uning şaffof devorlari va şiftlari şişadan yasalgan uyçani eslatadi. Xizmat körsatiş personali ham öz işining ustalari. Çiptalar narxining haddan ziyod qimmatligi — 3 kunlik yöl uçun 8400 dollar ekaniga qaramasdan, joylar ikki oy oldin sotib bölindi.

Sönggi yigirma yil içida Yaponiya iqtisodiyoti naq yetti marta retsessiyaga duçor bölganiga qaramasdan, davlat xazinasi hali böşab qolganiça yöq. Yaponiya — AQŞdan söng millionerlari köp bölgan ikkinçi davlat hisoblanadi. Bain&Company konsalting kompaniyasi ma'lumotlariga köra, ötgan yili Yaponiyada birgina lyuks mahsulotlar bozori nafaqat talofat körmagan, hattoki daromad bilan çiqqan. Hermes sumkalari, Rolex soatlari va Yevropaning boşqa nufuzli ramzlariga talab hanuz öz pozitsiyasini boy bermayapti. Boyvaçça yapon pensionerlarida esa yangi yoqimli maşğulot paydo bölgan — birinçi klass vagonlarga ega poyezdda sayr qiliş va buning uçun ular söralgan pulni taqdim etişga tayyor.

«Yaponiya — bu haşamatlar mamlakati, — deydi çiptalarni onlayn bronlaş böyiça kompaniya ijroçi direktori Greg Şultse. — Va bozor ayni damda umumiy lyuks yönalişidan ortda qolmaslikka harakat qilmoqda».

Bugungi kunga kelib, Yaponiya xorijiy sayyohlar soni böyiça yetakçilik qilmoqda. Lekin oddiy va elita sayyohligi örtasida keskin farq bor. Elita turizmiga ayniqsa qariyalar intilişadi: masalan, qariya yapon Fujio Umemoto döstlari bilan dengizda sayr qiliş uçun yaxta sotib olgan.