Oxirgi ma'lumotlarga köra, AQŞga yopirilgan “Harvi” dovuli oqibatida 44 kişi halok bölgan. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda. 

Ta'kidlanişiça, dovul Texas ştatiga yopirilgandan 8 kun ötdi. Qutqaruvçilar esa hamon bedarak yöqolganlarni qidiriş va jabrlanganlarga yordam körsatiş işlarini olib borişmoqda.

Avvalroq AQŞ prezidenti Donald Tramp “Harvi”dan aziyat çekkan Texasni tiklaş va qaytadan vujudga keltirişga va'da bergandi.