«Harvi» töfoni faol harakatlangan payt, deyarli 20 soatlab işlagan amerikalik meteorolog Jyeff Lindner 500 nafar kişi uning ta'til uçun 17 ming AQŞ dollari miqdordagi mablağni yiğganda, pulni qabul qilişdan boş tortdi.

GoFundme kraudfaunding kompaniyasi bergan ma'lumotga köra, bir keçaning özida közlangan maqsad 4 ming AQŞ dollari bölsa ham, 529 nafar kişi 17 ming AQŞ dollarini yiğişga muvaffaq böldi.

«Jyeff Lindnerga ta'tilni sovğa qiling» kampaniyasi taşkilotçilarning fikriça, meteorologning ta'tilga çiqişga haqqi bor, çunki u katta bosim ostida tinim bilmay işladi.

«U, xuddi, ovqat yemay, bir hafta uxlamagan kişiga öxşab körinmoqda. Mening fikrimça, Jyeffga biroz dam kerak», deb yozilgan kampaniya xabarida.

Lindner esa davlat xizmatçisi ekani va 100 AQŞ dollaridan ortiq qiymatdagi sovğani qabul qila olmasligi tufayli, pullarni olmasligini ma'lum qildi. Bundan taşqari, u barça yiğilgan mablağni tabiiy ofatdan aziyat çekkan oilalarga tarqatişni taklif qildi.