London Marriott Hotel County Hall meteorologni işga olgan dunyodagi birinçi mehmonxona böldi. Bu haqida Daily Mail xabar berdi.
Bunday lavozimga şotlandiyalik sinoptik va teleboşlovçi Kirsti Makkeybni qabul qilişdi. 42 yoşli mutaxassis ob-havo prognozlariga asoslanib, mehmonlar uçun maxsus marşrutlarni taşkil qiladi.
Masalan, Makkeyb yomğirli kunda sayyohlarga teatr yoki muzeyga borişni taklif qiladi, oçiq havoda esa çarxpalakda uçişni va oçiq havoda boşqa maşğulotlar bilan band bölişni taklif qiladi. Meteorolog sutkada 24 soat, haftda yetti kun London Marriott Hotel County Hall mijozlari xizmatiga şay böladi.
Bundan taşqari, Makkeyb mehmonxonaning konserj-xizmati bilan birga 12 lyuks xonadagi mehmonlar har qanday kutilmagan ob-havoga tayyor bölişiga yordam beradi.
Masalan, deraza ortida yomğir yoğayotgan bölsa, nomerda yoruğlik bilan davolovçi maxsus lampa örnatiladi, mehmonga esa yomğirdan himoyalovçi kiyim, rezina etiklar va soyabon taqdim etiladi. Agar taşqarida quyoşli ob-havo bölsa, mehmonxona sayyohni quyoşdan himoyalovçi krem bilan ta'minlaydi.
Mehmonxona saytida ma'lum qilinişiça, servis noyabr oyining oxiriga qadar amalda böladi.












