AQŞning Texas ştatida taşkillaştirilgan xayriya konsertida ayni paytda tirik bölgan AQŞning barça sobiq prezidentlari, jumladan Jimmi Karter, Katta Buş va uning öğli Jorj Buş, Bill Klinton hamda Barak Obama iştirok etdi.

Ma'lumotlarga qaraganda, konsertdan tuşgan mablağlar tabiiy ofatlardan zarar körgan amerikaliklarning ehtiyoji uçun işlatiladi. Şuning uçun, mazkur konsert ramziy ma'noda Harvi töfonnidan eng köp zarar körgan hudud - Texasdagi Kollej-Steyşen şahrida ötkazildi.

Tadbir davomida amaldagi AQŞ prezidenti Donald Trampning video murojaati qöyib eşittirildi. Şuningdek, Katta Buşdan taşqari barça sobiq davlat rahbarlari minbardan nutq sözlab yurtdoşlarini ğayratli bölişga çaqirdi.