Texas ştati gubernatori Greg Ebbot «Harvi» töfoni keltirgan moddiy talafot miqdori 150 mlrd dollardan 180 mlrd dollargaça bölişini ma'lum qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabarida aytilgan.
«Bu qörqinçli ofatdan jabrlangan kişilar soni va talafot körgan maydonlar hajmi «Katrina» töfoni vaqtidagidan köproq. Öşa töfondan keyin tiklaniş uçun 120 mlrd dollar talab etilgandi», — degan janob Ebbot.
Bundan avvalroq AQŞ prezidenti Donald Tramp kongressdan bu tabiiy ofatdan keiyngi ilk tiklaniş jarayoni uçun 7,85 mlrd dollar söragandi.
Oxirgi xabarlarga köra, töfon tufayli halok bölganlar soni 44 kişini taşkil qilmoqda.












