Belgiya qirolligida bölib ötayotgan aviakörgazmada uçuvçi harbiy vertolyot boşqaruv kabinasidan tuşib ketdi, deb xabar qilmoqda Belga agentligi.
Aniqlik kiritilişiça, uçuvçi Agusta A-109 rusumli vertolyot bortidan bir neça yuz metr balandlikdan tuşib ketgan. Uning paraşyuti bölmagan. Ikkinçi uçuvçi harbiy texnikani muvaffaqiyatli qöndirişning uddasidan çiqqan.
Hozirça, fojia sabablari örganilmoqda. Politsiya uçuvçi jasadini qidirmoqda.











