Çirçiq şahridagi «Kimyogarlar» madaniyat saroyida «Fidoying bölgaymiz seni, Özbekiston!» şiori ostida katta bayram tantanasi bölib ötdi.

Tantanali marosim iştirokçilarini viloyat hokimi Şukurullo Boboyev eng uluğ, eng aziz bayram bilan samimiy qutlar ekan, mamlakatning yirik sanoat markazlaridan bölgan viloyatda Prezident taşabbusida tarixiy yangilaniş jarayonlari keçayotgani, bu islohotlar pirovardida, obodlik va farovonlikning mustahkam asosi bölib xizmat qilajagini ta'kidladi.

Sahna markazidagi ulkan monitorda erişayotgan yutuq va marralar, orzu umidlar ramzlari aks etgan lavhalar namoyişi köngillarga dilovorlik, şukuh va hayajon baxş etdi. Viloyatning rasmiy ma'muriy markazi - obodlik va farovonlikning yangi manziliga aylanayotgan Nurafşon şahrining zamonaviy loyihasi ham namoyiş etildi.

Foto: Toşkent viloyat hokimligi matbuot-xizmati
Foto: Toşkent viloyat hokimligi matbuot-xizmati
Foto: Toşkent viloyat hokimligi matbuot-xizmati

- Biz bugun şunday bir tarixiy jarayonlarni boşdan keçirayotganimiz bilan har qança ğururlansak, iftixor qilsak arziydi, - deydi bayram tadbirida iştirok etgan tadbirkorlardan biri, "Döstlik" ordeni nişondori Komiljon Qosimov. - Ne baxtki, muhtaram yurtboşimiz taklifi va taşabbuslari bilan Toşkent viloyati ham özining ma'muriy markaziga ega böldi. Unga Nurafşon, deb nom berilgani, jannatmonand viloyatimizga Yaratganning nuri, barakasi yoğilganining bir daragi, bölsa ajabmas. Bizning aziz göşamiz mamlakatimizning eng gözal, eng zamonaviy, eng taraqqiy etgan şaharlaridan biriga aylanişiga aslo şak-şubha yöq. Mana körasiz, bir-ikki yil içida viloyatimiz qiyofasi tubdan özgaradi, yangi, zamonaviy turar-joylar, işlab çiqariş, xizmat körsatiş sohalarining köp qavatli, salobatli binolari viloyat markaziga haqiqiy zamonaviy şahar tusini berib, odamlarimizning turmuş farovonligi yanada oşadi, hayotimiz bundanda fayzli böladi.