“Formula-1” poygasida Mercedes jamoasi uçun iştirok etuvçi britaniyalik poygaçi Lyuis Hemilton “Formula-1”ning Italiya gran-prisi ğolibi böldi.

Marraga ikkinçi bölib Hemiltonning jamoadoşi Valtteri Bottas, uçinçi bölib Ferrari’ning nemis poygaçisi Sebastyan Fettel kelgan.

Hemiltonning navbatdagi ğalabasi unga şaxsiy hisobda birinçi örniga çiqib olişga imkon bergan. Hozir unda 238 oçko mavjud va u peşqadam Fettelni 2-poğonaga tuşirib (235 oçko) qöygan. 3-örinni esa 197 oçko töplagan Bottas egallamoqda.

Muhandislar kubogida 435 ball bilan Mercedes yetakçilik qilmoqda, 2-örinda Ferrari (373), 3-örinda Red Bull (212) kelmoqda.

Undan avvalroq Hemilton saralaş bosqiçidagi ğalabalar soni böyiça rekord örnatdi. Endi unda 69 ta şunday öyin bor va u bu körsatkiç böyiça 68 ta ğalabaga ega bölgan afsonaviy Mixael Şumaxerni ortda qoldirgan.