Germaniya kansleri Angela Merkel saylovoldi debatlarida Berlin Germaniya fuqarolarining hibsga olinişiga javoban Turkiyaga qarşi iqtisodiy çoralarni qat'iylaştirmoqçi ekanligini aytdi.
Şu bilan birga, u Germaniya Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga kirişi böyiça muzokaralarni töxtata olişga qodir emasligidan afsus bildirgan.
Bundan taşqari, Merkel Yevropa Ittifoqi va Turkiyaning migratsiya inqirozini hal qilişda hamkorligi haqidagi kelişuvni mutlaq töğri deb hisoblaşini aytgan.
Kantsler Berlinning bu kelişuvni tayyorlaşdagi iştiroki avval Turkiya tomondan tanqidga uçraganini qöşimça qildi.
Anqara va Bryussel bilan uşbu kelişuv 2016 yil mart oyida tuzilgan va Yepropaga qoçqinlarning nazoratsiz köçişiga qarşi qaratilgan edi.
Eslatib ötamiz, Antaliyada 31 avgust kuni ikki nemis fuqarosi qölga olingan. Germaniya taşqi işlar vazirligi ma'lumotiga köra, hozirda Turkiyada 55 nafar nemis fuqarosi hibsda saqlanmoqda, ulardan 12 nafari siyosiy ayblovlar bilan uşlab turilibdi.












