4 sentabrda Ispaniya sohillari yaqinida 61 muhojir qutqarib qolindi. Bu haqda dengizdagi qutqaruv xizmati ma'lum qilgan.

Örta yer dengizining ğarbiy qismida bortida 47 kişi bölgan qayiq aniqlangan. Muhojirlar Kadis viloyatidagi Tarif  portiga olib ketilganlar. Bundan avvalroq Tarifdan bir neça mil uzoqlikda bortida 7 kişidan bölgan ikkita qayiq aniqlangan.

Joriy yilda Örta yer dengizi orqali Ispaniyaga migratsiya oqimi keskin oşdi. Xalqaro migratsiya taşkiloti ma'lumotlariga köra, yanvardan avgust oxirigaça Ispaniyaga dengiz orqali 8385 kişi kelgan, 121 kişi yölda halok bölgan. Ötgan yilning şu davri içida Ispaniyaga 3805 kişi kelgandi, 116 kişi yölda halok bölgandi.

Joriy yil boşidan Yevropaga dengiz yöli orqali kelgan muhojirlar soni 121 ming kişidan oşib ketdi. Ulardan 98 mingdan oşiqroği Italiyaga kelgan. 2410 kişi esa yölda halok bölgan.