Venesuela TIV mamlakat işlariga «aralaşgani» sababli Yevropaning tört davlatiga norozilik notasini topşirdi. Bu haqda Venesuela taşqi işlar vaziri Xorxe Arreasa ma'lum qildi, deb xabar bermoqda El Universal.
Uning sözlariga köra, gap Ispaniya, Buyuk Britaniya, Italiya va Germaniya haqida bormoqda. Arreasaning qöşimça qilişiça, elçilar bilan uçraşuv tezkorlik bilan taşkil etilgan. U tört davlat tomonidan «aralaşuvni» doimiy, deb baholagan.
Şuningdek, Venesuela TIV rahbarining xabar qilişiça, Karakas işlariga aralaşiş böyiça harakatlar töxtaşiga umid bildirgan. Uning sözlariga köra, aks holda ança jiddiy diplomatik javob qaytariladi.
Avvalroq Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Venesuela muxolifati bilan uçraşgani xabar qilingandi.












