Apple'ning yangi iPhone 8 smartfoni IP67 standartiga muvofiq suv ötkazmaydigan korpus bilan ta'minlanişi kutilmoqda. Qator naşrlar şu haqida xabar tarqatdi.
Apple kompaniyasining navbatdagi iPhone 8 smartfoni taqdimotiga atigi bir kun qoldi. Gadjyetlar bozorida eng orziqib kutilayotgan smartfonlardan birining relizi arafasida miş-mişlar yanada avj olmoqda. Bu safar manbalardan biri qurilma korpusi bilan boğliq yangilik bilan bölişdi. Uning ta'kidlaşiça, yangi smartfon korpusi şişadan işlanib, IP67 standartiga muvofiq böladi. Bu toifa qurilmalarning qisman suvga çidamli ekanini bildiradi.
Agar uni bir neça soniyaga suvga tuşirilsa, u namlanişga ulgurmaydi. Bu köpgina kundalik vaziyatlarda foydali bölişi mumkin, biroq köplar iPhone 8 yordamida suv osti s'yomkalarini amalga oşiriş istagi haqida ma'lum qilişmoqda.
Qurilmani suv ostiga olib tuşib, bir neça surat oliş va suvdan çiqarib, artib taşlaş mumkin. Yangi qurilma şunisi bilan yanada maşhur bölişi mumkin. Bugunga qadar "olma" korporatsiyasi yubiley qurilmaga doir barça ma'lumotlarni sir tutib kelmoqda. Brend muxlislari amerikalik işlab çiqaruvçilarning bu safar qanday "sovğa" tayyorlab qöyganlari borasida hanuz tasavvurga ega emas.












