Özbekiston va Qirğiziston Respublikalari Prezidentlari Şavkat Mirziyoyev va Almazbek Atamboyev 5 sentabr kuni «Davlat çegaralari töğrisida»gi hujjatni imzolagani haqida xabar berilgan edi. Atamboyevning sözlariga köra, özbek-qirğiz çegarasining 85 foizi aniqlab bölingan. 

«Davlat çegaralari töğrisidagi şartnoma – siyosiy iroda va kelişuvdir. Kelişiş mumkin ekan-ku. Biz tarixni tiklayapmiz. Aytmatov bekorga bu haqda gapirmagan. Tarix tiklangani bilan sizni ham, özimni ham tabriklayman. Ayrim qaltis masalalar yuzasidan Almazbek Şarşenoviç bilan kelişib oldik. Şu sababli, ularda hal qilinadigan narsa qolmadi. Biz mazkur uçraşuvga muhim ahamiyat beramiz. Hozir odamlar: «Nahotki, biz avvallari bölgani kabi Andijon va Öşga borib-kelamiz?», deb savol bermoqda. Özim uçun aytsam, men buni juda xohlayman. Biz odamlar uçraşişlari va savdo qilişlari uçun barça narsani qilişga tayyormiz. Asosiysi, xalaqit qilmaslik. Imkonimiz bölsa yordam beraylik, ammo xalaqit qilmasligimiz kerak», - degan Şavkat Mirziyoyev 5 sentabr kungi kengaytirilgan majlisda. 

«Bu, birinçi navbatda, doimo döstim va birodarim deb ataydigan Şavkat Miromonoviçning ulkan xizmatidir, - deya izoh bergan Almazbek Atamboyev. – Biz qaçonlardir yagona davlat - Qöqon xonligi edik. 1991 yilgaça çegaralar bölmagan. Ammo keyin bu katta muammoga aylandi va hatto Farğona vodiysi uçun fojia böldi. Albatta, juda köplab muammolar böldi, ba'zilari sun'iy, ayrimlari taşqi kuçlar tomonidan uyuştirildi. Biroq hammasini hal qiliş mumkin böldi. Tor doiradagi muzokaralarda biz barça masalalar böyiça özaro tuşunişga erişdik va men Özbekistonga taklifni qabul qildim».

Şavkat Mirziyoyevning fikriça, OAV uşbu tarixiy kun haqida bong urişi kerak. «Biz imkon qadar bu kun kelişini tezlaştirdik. Biz özaro işonçli va oçiq suhbat qurdik. Köp narsalarni hal etdik. Bugun xohiş-istak bölgani uçun köp narsaga erişdik. Biz tariximiz va kelajagimizni tiklayapmiz. Men sizni davlat taşrifi bilan Özbekistonga taklif qilaman», - deya öz taklifini takrorlagan Mirziyoyev.

Uning va'da qilişiça, tomonlar qisqa muddatda çegaraning qolgan 15 foizini ham aniqlab oladi, eng jiddiy masalalarni hal etadi. 

Özbekiston Prezidenti suvdan foydalaniş va GES qurilişi masalasiga ham alohida töxtaldi. «Atamboyev aytdiki, Özbekiston iştirokisiz birorta ham GES barpo etilmaydi. Biz birgalikda Qambar ota GESini barpo etamiz, moliyaviy va boşqa masalalarda yordam beramiz. U bizga zarur va kerak», - deb qöşimça qilgan Mirziyoyev.