Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Qirğiziston Respublikasiga taşrifini yakunladi.
Qirğiziston prezidenti rasmiy saytida Bişkek şahridagi «Manas» xalqaro aeroportida mamlakat prezidenti va uning rafiqasini kuzatiş vaqtida olingan suratlar joylaştirilgan.
Qöşni davlat rahbari Şavkat Mirziyoyevni kuzatiş uçun çiqqan.



Fotolar: Qirğiziston prezidenti matbuot xizmati
Özbekiston prezidentining Bişkekka taşrifi 5 sentabr kuni boşlangandi. Taşrifning birinçi kunida Şavkat Mirziyoyev qöşni davlat rahbari Almazbek Atamboyev bilan uçraşuv ötkazdi.
Xususan, Bişkek şahridagi Ala-Arça qarorgohida bölib ötgan ikki mamlakat rahbarlarining tor doiradagi uçraşuvida Özbekiston va Qirğiziston örtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boşqa sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytiriş va mustahkamlaş istiqbollari, mamlakatlarimizning çegaraoldi hududlari aloqalarini faollaştiriş, şuningdek, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro muammolar muhokama qilingan edi.
Ikki davlat rahbarlari avvalgi muloqotlarida mintaqada samarali transport yöllarini rivojlantiriş, Qirğiziston hududi orqali Xitoy bilan boğlaydigan qisqa masofali temir yöl barpo etiş böyiça muzokaralar olib borgan edi. Bu galgi uçraşuvlarda uning huquqiy asoslarini yaratişni jadallaştiriş böyiça kelişib olindi.
Muzokaralar yakunida Şavkat Mirziyoyev va Almazbek Atamboyev Özbekiston va Qirğiziston örtasida Qöşma bayonot va Özbekiston—Qirğiziston davlat çegarasi töğrisida şartnomani imzoladi.
Andijon va Öş, Toşkent va Bişkek şaharlari örtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik töğrisida, ikki davlat Savdo-sanoat palatalari örtasida hamkorlik töğrisida, Soliq qonunçiligiga rioya qiliş masalalari böyiça hamkorlik va özaro yordam töğrisida, Mintaqalararo hamkorlik töğrisida hukumatlararo, ilmiy-texnikaviy hamkorlik, Oliy ta'lim sohasidagi hamkorlik töğrisida bitimlar, Çegaradoş mintaqalar örtasidagi hamkorlikni yanada çuqurlaştiriş va kengaytiriş böyiça 2017—2019 yillarga möljallangan qöşma tadbirlar rejasi, Parlamentlararo hamkorlik töğrisidagi memorandum va boşqa muhim hujjatlar imzolandi.
Taşrifning ikkinçi kunida esa Şavkat Mirziyoyev Qirğiziston siyosiy partiyalari rahbarlari bilan uçraşdi, özi uçun ajratilgan qarorgohda Qirğiziston Respublikasi Jogorgu Keneşining raisi Çinibay Tursunbekovni va Qirğiziston Respublikasi Boş vaziri Sapar Isakovni qabul qildi.











