Turkiya Suriyaning Idlib şahrida yangi harbiy amaliyot ötkazişga kirişadi. Amaliyot şu yil sentabr oyida boşlanadi, deb xabar qilmoqda Turkiya OAVga asoslangan holda Trend.az.
Xabarlarga köra, Idlibdagi amaliyotlar Ozod Suriya armiyasi bölinmalari bilan birgalikda ötkaziladi.
Avvalroq, Turkiya prezidenti ma'muriyati Trend’ga ma'lum qilişiça, Anqara öz çegaralari yaqinida paydo böladigan har qanday tahdidga javob berişga tayyor.
Ayni vaqtda Suriya bilan Turkiya çegaralarida 24 ming turk harbiylari safarbar etilgan.
OAV xabarlariga köra, Turkiya Suriyaning Tel-Abya, Afrin, Tel-Rifat va Manbij tumanlarida amaliyotlarni boşlaşi mumkin.
Qayd etiş joizki, Turkiya prezidenti Erdöğan mamlakat qurollikuçlari Suriya şimolidagi harbiy amaliyotlari hududini kengaytiriş niyatida ekanini aytgan edi.
Eslatib ötamiz, Turkiya 21 iyundan Suriya çegarasi tomon jangovar texnikalarni keltirmoqda.
Turkiya armiyasi 2016 yil 24 avgustidan IŞID jangarilariga qarşi "Frot qalqoni" amaliyotini boşlagan edi. Armiya Suriya muxolifati kömagida Jarablus va Al Bob şaharlarini öz nazoratiga oldi.












