Özbekiston va Qirğiziston Prezidentlari Şavkat Mirziyoyev hamda Almazbek Atamboyev muzokaralar yakunida qator hujjatlarni imzolaşdi.

Xususan, prezidentlar Özbekiston Respublikasi va Qirğiziston Respublikasi örtasida Qöşma bayonot va Özbekiston – Qirğiziston davlat çegarasi töğrisida şartnomani imzoladilar. 

Bundan taşqari, Andijon va Öş, Toşkent va Bişkek şaharlari örtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik töğrisida, 

ikki davlat Savdo-sanoat palatalari örtasida hamkorlik töğrisida, 

Soliq qonunçiligiga rioya qiliş masalalari böyiça hamkorlik va özaro yordam töğrisida, 

Mintaqalararo hamkorlik töğrisida hukumatlararo, ilmiy-texnikaviy hamkorlik, Oliy ta'lim sohasidagi hamkorlik töğrisida bitimlar, 

Çegaradoş mintaqalar örtasidagi hamkorlikni yanada çuqurlaştiriş va kengaytiriş böyiça 2017-2019 yillarga möljallangan qöşma tadbirlar rejasi, 

Parlamentlararo hamkorlik töğrisidagi memorandum va boşqa muhim hujjatlar imzolandi.