Foto: @SquawkaNews 

Janubiy Koreya, Eron, Yaponiya yoki Avstraliya kabi terma jamoalardan yutqazişga, mundial yöllanmasini ularga boy berişga örganib qolganmiz. Ammo bu safar biz uçun doim past maqomdagi raqib tuyulgan Suriyadan ham ortda qolib ketganimiz dardimizni yanada kuçaytirib yubordi. Xöş, atigi bir yil oldin mensimaganimiz, avvaldan 6 oçko olişni rejalaştirganimiz Suriya qanday jamoa? Biz ularning darajasiga tuşib qoldikmi yoki ular kuçayib ketdimi?

Ma'lumotlarni öqib siz ham şunga amin bölişingiz mumkinki, ular bizni yutiş uçun qandaydir katta bir işni amalga oşirişgani yöq. Aksinça, biz heç narsa qilmaganimiz uçun şu darajaga tuşib qoldik.  

SURIYa 2017 YILDA ATIGI BIR MARTA YuTQAZDI

Foto: @SquawkaNews 

Suriya terma jamoasi 2017 yilda atigi bir öyinda mağlubiyatga uçradi xolos. U ham bölsa, Janubiy Koreya terma jamoasidan. Özbekiston va Qatar ustidan ğalaba qozondi, Eron va Xitoyga qarşi öyinlar 2:2 hisobida yakunlandi. Suriyaliklar bu öyinlarda 8 marta raqib darvozasini işğol qilişdi. Mana şu 5 turda atigi 1 marta, u ham bölsa, jarima zarbasidan keyin töp kiritgan Özbekiston bilan soliştirganda, ularning uçinçi örin uçun haqliroq bölganini köramiz.

SURIYa ÖZ MAYDONIDA ÖYNAMADI

Foto: @SquawkaNews 

Özbekiston qölga kiritgan 13 oçkosidan 10tasini Toşkentdagi öyinlarda oldi. Janubiy Koreya esa, 15 oçkodan 13tasini öz maydonidagi öyinlarda qölga kiritdi. Şu örinda, “öz uyingda devorlar ham yordam beradi” degan maşhur iborani qöllaş mumkin. Suriya terma jamoasi esa, öz öyinlarini faqat safarda va neytral maydonda ötkazdi. Şu holatda ham 13 oçko töplab, Özbekiston va Janubiy Koreya bilan raqobat qila olişgani tahsinga loyiq.

SURIYa NATIJA UÇUN BARÇANI BIRLAŞTIRDI