Bugun, 15 yanvar kuni Osiyo Kubogining guruh bosqiçida 3-tur uçraşuvlari davom etadi.

B guruhida yana ikki uçraşuv ötkaziladi va keyingi bosqiçning navbatdagi iştirokçilari ma'lum böladi.

Birinçi turni sensatsion ravişda Iordaniyaga mağlub böliş bilan boşlagan va guruh peşqadamligi uçun imkoniyatlarini yöqotgan Avstraliya bu turda Suriyaga qarşi bahs olib boradi.  Muddatidan avval guruhda birinçi örinni egallab bölgan Iordaniya esa Falastinga qarşi özi uçun natijasi ahamiyatsiz öyinni ötkazadi.

Bugungi öyinda Avstraliyani durang natija ham qoniqtirişi mumkin, Suriyaga esa keyingi bosqiçga çiqiş uçun faqat ğalaba kerak. Falastinda ham keyingi bosqiç uçun kiçik bölsa-da imkoniyat saqlanib qolgan, buning uçun Iordaniyaga qarşi öyinda ğalaba qozoniş talab etiladi.

Ikki öyin ham bir vaqtda, Toşkent vaqti bilan soat 18:30da boşlanadi.

Eslatib ötamiz, quyidagi jamoalar muddatidan oldin pley-offga çiqdi: BAA, Iordaniya, Xitoy, Janubiy Koreya, Eron, Iroq, Qatar, Saudiya Arabistoni, Özbekiston, Yaponiya, Tailand va Bahrayn.