"Nuroniy" jamğarmasi va oqsoqollar voyaga yetmaganlar, notinç oilalar, diniy ekstremistik oqimlar ta'siriga tuşib qolgan fuqarolar bilan yakka tartibda işlaş, yoşlarga madaniyat, ta'lim-tarbiya, odob örgatiş, ularning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş maqsadida sport obektlari, musiqa maktablari, barkamol avlod markazlarining samarali faoliyat körsatişini ta'minlaş kabi çuqur masalalarga alohida e'tibor qaratmoqda. Xalqaro Press-klubning navbatdagi tadbirida şu haqida ma'lumot berildi. 

Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahri hokimliklari 2017 yil 1 sentabrgaça har bir tuman va şaharda, qoidaga köra madaniyat va dam oliş istirohat boğlari hududida "Nuroniylar maskani" majmualari faoliyat körsatişni boşlaydi. Ularda "Nuroniy" jamğarmasining joylardagi bölimlari uçun xonalar ajratiladi. Ayni paytda Farğona va Namangan viloyatlarida ana şunday maskanlar faoliyati yölga qöyildi.

Uzoq yillar iqtisodiyot va işlab çiqariş, ilm-fan, madaniyat, ta'lim, soğliqni saqlaş, yurisprudensiya va boşqa sohalardagi halol mehnat qilgan mehnatkaşlarga, şuningdek işlamaydigan, jamiyatda mustahkam oilani saqlab qolgan, farzandlarini kattalarga va kiçik avlodga hurmat, jamiyat oldidagi mas'uliyat, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalab hurmat qozongan onalarga taqdim etiladigan "Mehnat faxriysi" kökrak nişoni (I, II, III darajali) ta'sis etildi.

Taşkiliy-huquqiy şaklidan qat'i nazar, korxona va taşkilotlar rahbarlari pensiyaga çiqadigan xodimlarga doimiy ğamxörlik va e'tibor körsatişi, ularga zarur moddiy va ijtimoiy kömak berişi, şuningdek har yili pensionerlardan, ayniqsa, yakka-yolğizlardan xabar oliş, tuğilgan kunlarida va bayramlarda ularga esdalik sovğalar berişni, ularning uy-joy, maişiy muammolarini hal etişda kömaklaşişi, sanatoriya-kurortda soğlomlaştiriş va davolaşni taşkil etişi, şuningdek muqaddas joylarga va ziyoratgohlarga ekskursiyalar taşkillaştirişi va boşqa ijtimoiy ahamiyatli tadbirlarni amalga oşirişi böyiça keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda.

Pensionerlar bilan oçiq muloqotni yölga qöyiş, ularning hayotiy muhim muammolarini muhokama qiliş va hal etişga yordam beriş maqsadida davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, korxona va taşkilotlar rahbarlariga pensiyaga çiqqan xodimlarini rahbariyat tomonidan qabul qiliş jadvallari belgilangan.

Farmon va qarorda közda tutilgan çoralarning amalga oşirilişi keksalar va faxriylarni yoşlarni tarbiyalaşga qaratilgan ijtimoiy faoliyatga jalb etiş, ularning ijtimoiy faolligini qöllab-quvvatlaş, keksa yoşdagi odamlar, imkoniyati çeklangan şaxslar va yolğiz keksalarning turmuş şaroiti va sifatini oşiriş uçun qöşimça şart-şaroitlar yaratişga, manzilli ijtimoiy himoyani kuçaytirişga yordam beradi.