6 sentabr kuni Xalqaro Press-klubda «Nuroniylar — boy hayotiy tajriba, ma'naviy tarbiya va ruhiy quvvat manbai» mavzusida anjuman ötkazildi. Tadbirda jamğarmaning Respublika Boşqaruvi raisi Şuxrat Djalilov, «Nuroniy» jamğarmasi Namangan viloyati bölimi raisi Ikromxon Najmiddinov, Özbekiston Respublikasi san'at arbobi, yozuvçi Ibrohim Ğofurov spiker sifatida, şuningdek, hamkor taşkilotlar vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari iştirok etişdi.
Tadbir davomida Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabrdagi “Özbekiston faxriylarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş "Nuroniy" jamğarmasi faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni hamda Özbekiston Respublikasining “Keksalar, nogironlar va aholining boşqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uçun ijtimoiy xizmatlar töğrisida”gi Qonunining mazmuni va mohiyatini, şuningdek keksalar uçun yaratilayotgan şaroitlar va imkoniyatlarni muhokama qiliş kabi masalalar körib çiqildi.
2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişiga doir harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni ijro etiş, jumladan respublikada aholining ijtimoiy hojatmand qatlamlarini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaşning samarali tizimini şakllantiriş borasida qilinayotgan keng miqyosli işlar muhokama qilindi.
Anjumanda keksalar va nogironlarning turmuş darajasi va sifatini oşiriş, pensiya ta'minoti va ijtimoiy madad tizimini takomillaştiriş, tizimli soğlomlaştirişni taşkil etiş, kasalliklarni davolaşning zamonaviy usullaridan bahramand bölişni kengaytirişga yönaltirilgan bir qator davlat dasturlari qabul qilingani ta'kidlandi.












